
UFC 242 musobaqasida Salixov va Axmedov g‘alaba qozonishdi, Jojua texnik nokaut bilan yutqazdi
Shu daqiqalarda Abu-Dabida UFC 242 kechasi bo‘lib o‘tmoqda. Unga ko‘ra, ikkita rossiyalik g‘olib bo‘ldi.
Omari Axmedov xakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, Zak Kammingsni mag‘lub etdi va shu tariqa o‘zining so‘nggi 5 jangidan to‘rtinchi g‘alabasiga erishdi.
Muslim Salixov birinchi raunddayoq raqibi Nordin Talebni nokautga uchratib, ajoyib g‘alabaga erishdi.
Shuningdek, Abu-Dabida o‘zining debyut jangini o‘tkazgan "Axmat" klubi a’zosi Liana Jojua raqibasi Sare Morasga texnik nokaut bilan yutqazdi.
Eslatib o‘tamiz, Abu-Dabidagi oqshomning asosiy to‘qnashuvi Xabib Nurmagomedov va Dastin Pore o‘rtasida kechadi.
Fikrlar