
UFA va "Nasaf" jarimaga tortildi
Ikki kun ichida OFK tartib-intizom qo‘mitasi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va “Nasaf” klubiga qarshi uchta qaror qabul qilib, UFAni 5000 dollar va “Nasaf”ni 50375 dollar jarimaga tortdi.
Suriyaga qarshi Osiyo kubogi o‘yiniga muxlislar sayyohlik agentliklari reklamasi tushirilgan futbolkalarda kelganligi uchun UFA jazolandi.
“Nasaf” – Chempionlar ligasi doirasidagi “As-Sadd”ga qarshi o‘yinda muxlislar tosh otib, hakam yordamchisiga zarba bergani, “Sharja”ga qarshi o‘yinda esa raqib futbolchilarining ko‘ziga lazer nuri bilan halaqit bergani uchun.
Fikrlar