
UEFA superturnirdan voz kechdi
Evropa futbol federatsiyalari uyushmasi (UEFA) prezidenti Aleksander Cheferin qit’aning grand klublari ilgari surgan Evropa Superligasi musobaqasini tashkil qilish bo‘yicha loyihani rad etdi.
- UEFA rahbari bir necha marotaba Superliga tashkil qilinishiga qarshi ekanini bildirgan. Jamoalar mavqeini ko‘tarish yoki tushirishga qaratilgan yangi ligalarni tuzish muhokama qilinmaydi. Evropa futboli shunga asoslangan. Chempionlar ligasi esa dunyoning eng nufuzli musobaqasi bo‘lib qolaveradi, - deyiladi UEFA bayonotida.
Avvalroq, qit’aning etakchi klublari eng kuchli 18 ta jamoa ishtirokida yangi Superliga tuzish taklifini bergandi. Rejaga ko‘ra, Evropa Chempionlar ligasidan nufuzliroq bo‘lgan bu turnir 2022 yildan start olishi kerak edi.
Fikrlar