UEFA Chempionlar Ligasi o‘yinlariga yana o‘zgartirish kiritmoqchi

  • 24 aprel, 15:58
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

UEFA keyingi mavsumdan boshlab Chempionlar Ligasida qo‘shimcha bo‘limlarni bekor qilish imkoniyatini muhokama qilmoqda.
"Bild" nashri ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Evropa futbolining boshqaruv organi Chempionlar ligasini o‘tkazish reglamentiga kiritilishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar yuzasidan klublar fikrini o‘rganmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, UEFA EChL pley-off bosqichida qo‘shimcha bo‘limlarni bekor qilish masalasini muhokama qilmoqda. Ikki o‘yin yakunida hisoblar teng bo‘lgan taqdirda, g‘olibni penaltilar seriyasi orqali aniqlash taklif etilmoqda. Bu o‘zgarish futbolchilarga bo‘lgan jismoniy yuklamani kamaytirishi kutilmoqda.

Shuningdek, umumiy bosqich jadvalining yuqori 8 talikka kirgan va 1/8 finalga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l olgan jamoalar pley-offning barcha bosqichlarida pastroq o‘rinlarni egallagan jamoalarga qarshi javob o‘yinlarini o‘z maydonlarida o‘tkazish qoidasini joriy etish taklif qilinmoqda. Hozircha bu qoida faqat nimchorak final bosqichiga taalluqli.

President Aleksander Ceferin walks past a sign with the UEFA logo after attending a press conference following a meeting of the executive committee...

Bundan tashqari, bir mamlakatga tegishli klublarni chorak final bosqichigacha ajratib qo‘yish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda. Sababi, bunday o‘yinlar dastlabki bosqichlarda muxlislar va translyatsiya egalari uchun qiziqarli bo‘lmaydi, deb hisoblanmoqda.

Chempionlar Ligasi nizomiga o‘zgartirish kiritilishi haqidagi qaror UEFA Musobaqalar qo‘mitasi tomonidan 30 may kuni Myunxenda o‘tkaziladigan UEFA assambleyasida qabul qilinishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!