
UEFA ayollarni stadionga kirishi taqiqlangan mamlakatlarda o‘yin o‘tkazmaslikni tavsiya qildi
UEFA barcha a’zolariga, 55 ta assotsiatsiyaga va Evropaning barcha klublariga ayollar stadionlarga kirishi taqiqlangan mamlakatlarda o‘yin o‘tkazmaslikni tavsiya qildi.
UEFA prezidenti Aleksandr Cheferinning ta’kidlashicha, tavsiyalar ushbu mamlakatlarning jamoalari bilan o‘yinlarni rad etishga ham taalluqlidir.
Avval xabar berganimizdek, shu oyning boshida eronlik futbol muxlisasi Saxar Xodayari erkak niqobida stadionga kirishga uringan va qo‘lga tushib, sudlangan edi. Qamoq jazosi tayinlanishini eshitgan futbol ishqibozi o‘zini o‘zi yoqib yuborgan va vafot etgandi.
Eslatib o‘tamiz, 1981 yildan buyon Eronda sport musobaqalariga tashrif buyurish ayollar uchun ta’qiqlangan. JCh-2018 vaqtida bu ta’qiq vaqtinchalik olib tashlangan.
FIFA muxlisa o‘zini o‘zi yoqib yuborganidan so‘ng, Eronda ayollarning o‘yinlarga ruxsat berish choralarini tekshirib chiqmoqda.
Fikrlar