Uchta grand narxni eshitib, qo‘rqib ketdi

  • 24 sentabr, 06:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasida “Aston Villa” tarkibida porlayotgan yarim himoyachi Morgan Rojersning xaridorlari borgan sari ko‘payib bormoqda.

Tecno

Yozgi transferlar davrida 23 yoshli o‘yinchini uchta grand klub olishga harakat qilgani oshkor bo‘ldi. Xabarlarga qaraganda, “Arsenal”, “Nyukasl” va “Chelsi” angliyalik futbolchining transfer ma’lumotlarini so‘rab, “villaliklar”ga murojaat qilgan.

Manbalardan biri – The Telegraph  nashrining tasdiqlashicha,”Aston Villa” o‘z etakchisi uchun xaridor klublardan 80 million funt sterling miqdorida badal puli talab qilgan. Grand klublar bu summani ortiqcha oshirilgan, deb hisobalagani uchun qiziqishlar rasmiy taklif darajasiga ko‘tarilmadi.

Transfermarkt portalida Morgan Rojersning narxi 55 million evro ekani ko‘rsatilgan. Uning birmingemliklar bilan hamkorlik shartnomasi yana besh yil davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!