
Uchta grand 1 milliard evrolik futbolchiga xaridor
“Barselona” mutasaddilari klub tarbiyalanuvchisi Ansu Fati bilan shartnomani yanglagan paytda unga bir milliard evro miqdorida tovon puli belgilagan edi.
Biroq, 20 yoshli futbolchi kataloniyaliklar asosiy tarkibiga qabul qilinganidan keyin ikki marta og‘ir jarohat olgani vaziyatni tubdan o‘zgartirib yubordi.
Ansu Fati avvalgi darajasiga ko‘tarila olmayapti. U klubdan ketishni rejalashtirmoqda. Rahbariyat ham avvalgi mavqeini boy bergan o‘yinchi bilan xayrlashishga tayyor.
Angliya Premer-ligasining bir necha klublari Ansu Fatini o‘z safiga chorlamoqda. Daily Mail nashrining ma’lum qilishicha, “Arsenal”, “Liverpul” va “Manchester Yunayted” Lionel Messining vorisi sifatida e’tirof etilgan hujumchini o‘z safiga chorlamoqda.
Fikrlar