
Uch nafar rus tennischisi asosiy to‘rga o‘tdi
Frantsiya ochiq chempionatining ayollar o‘rtasidagi saralash bosqichida uch nafar rossiyalik tennischilar, – Anna Blinkova, Sofya Juk va Lyudmila Samsonova asosiy to‘rga yo‘l oldi.
Saralash bahslarining finalida Lyudmila Samsonova chexiyalik Mari Buzkovani 6:4, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shuningdek, Sofya Juk belgiyalik Greete Minnenni 6:2, 3:6, 6:3, Anna Blinkova esa isroillik Yuliya Glushkoni 0:6, 6:4, 6:4 hisobida engdi.
Fikrlar