
U19 chempionatida final ishtirokchilari ma’lum
Biroz avval U19 chempionati doirasida yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi.
Dastlabki bahsda "Paxtakor" jamoasi "Nasaf"ni javobsiz ikkita gol bilan mag‘lub etgan holda finalga yo‘l oldi.
"Bunyodkor" yoshlari "Olimpik" bahsida g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Ya’ni asosiy daqiqalarda hisob ochilmadi. Mehmonlar penaltilarda 3:5 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi va final uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
2 noyabr kuni soat 11:30da "Nasaf" va "Olimpik" jamoalari 3-o‘rin uchun bahs olib borsa, chempion nomi aniqlanadigan "Paxtakor" - "Bunyodkor" bellashuvi 14:30da bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar