U yangi mavsumni "Milan"da boshlashi mumkin

  • 1 aprel, 2023, 12:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” hujumchisi Temmi Abraxam yangi mavsumni Italiyaning boshqa bir grand klubida boshlashi mumkin. Jurnalist Ekrem Qo‘ng‘irga ma’lum bo‘lishicha, “Milan” angliyalik futbolchining transferini qo‘lga kiritmoqchi. Abraxam “rossonerilar” tarkibida belgiyalik Divok Origining o‘rnini egallashi kutilmoqda.

Tecno

Avvalroq OAVda Temmiga Birmingemning “Aston Villa” va Londonning "Chelsi" klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. 25 yoshli futbolchining narxi 45 million evroga baholanmoqda.

Hujumchi joriy mavsum Italiya A Seriyasida 27 ta o‘yinda maydonga tushdi. Angliyalik futbolchi ushbu bahslarda o‘z hisobiga oltita gol va uchta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!