
U kabi futbolchilar 100 yilda bir marta tug‘iladi
«Bavariya» klubi prezidenti Gerbert Xayner Jamol Musialaning iqtidori va uni jamoada saqlab qolishga harakat qilishini aytdi.
-Biz Jamolni yaxshi ko‘ramiz. U kabi futbolchilar 100 yilda bir marta tug‘iladi. Bizning asosiy maqsadimiz uni «Bavariya»da uzoq muddatga saqlab qolish,-dedi myunxenliklar rahbari.
Musiala 2019 yildan beri «Bavariya» safida o‘ynaydi. 21 yoshli xavbek 6 ta o‘yinda 3 ta gol, 3ta assist qayt etdi.
Nemis yarim himoyachisining Myunxen klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilda o‘z nihoyasiga etadi. «Transfermarkt» portal uni 130 millionga baholamoqda.
Fikrlar