
U-17 JCh. Marokash turnirni g‘alaba bilan boshladi
17 yoshlilar o‘rtasidagi jahon chempionatining 1-tur o‘yinlari start oldi. Mazkur turdan o‘rin olgan Panama - Marokash bahsi bo‘lib o‘tdi va unda marokashliklar 0:2 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinda Chlagmo va Ennairlar bittadan gol urib, jamoasiga 3 ochko taqdim etdi.
Shu tariqa, Marokash 3 ochko bilan guruhida peshqadam bo‘lib turibdi. Panama esa 4-pog‘onaga tushib ketdi.
Fikrlar