
U-17 JCh. Eron Braziliyani super kambek evaziga taslim qildi
17 yoshlilar o‘rtasidagi Jahon chempionati 1-turdan o‘rin olgan bir qancha uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda Angliya Yangi Kaledoniyani 10:0 hisobida mag‘lub qilgan bo‘lsa, Argentina Senegalga imkoniyatni boy berdi. Eron esa Braziliyani kambek evaziga taslim qildi. Yaponiya minimal hisobda Polsha ustidan g‘alaba qozondi.
Yaponiya - Polsha o‘yinida yaponiyaliklar minimal hisobda zafar quchdi. Uchrashuvdagi yagona gol 76-daqiqada Takaoka tomonidan urildi. Ushbu g‘alabadan keyin Yaponiya guruhida 2-o‘ringa chiqib oldi. Polsha esa 4-pog‘onaga tushib ketdi.
Argentina - Senegal o‘yinida Diuf 6 va 38-daqiqalarda gollar urib, oradagi farqni ikkitaga oshirdi. 92-daqiqada esa Ruberto hisobni qisqartirdi.
Senegal 3 ochkoni qo‘lga kiritib, "D" guruhida 1-o‘ringa chiqib oldi. Argentina 3-pog‘onadan joy oldi.
Yangi Kaledoniya - Angliya uchrashuvida inglizlar javobsiz 10 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yinda Jastin dubl qilgan bo‘lsa, Rassel-Denni, Dibling, Achimpong, Amo-Ameyau, Nvaneri, Xane, Xarrison, Makallisterlar o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.
Mazkur uchrashuvdan keyin Angliya guruhida peshqadamga aylandi. Yangi Kaledoniya esa 4-pog‘onaga tushib ketdi.
Braziliya - Eron bahsida dastlab Rayan hisobni ochdi. Birinchi taym so‘nggida Zamani o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘lim boshida Barajeh farqni qisqartirgan bo‘lsa, Taheri imkoniyatlarni tenglashtirdi. 73-daqiqada Golizadeh g‘alaba golini urdi.
Shu tariqa, Eron "C" guruhida 2-o‘ringa chiqib oldi. Braziliya esa 3-pog‘onaga joylashdi.
Fikrlar