Tuxel Obameyangning asosiy ishi nima ekanini uqtirdi

  • 3 sentabr, 2022, 09:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel “Barselona”dan transfer qilingan Per-Emerik Obameyang haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

Germaniyalik mutaxassis gabonlik futbolchiga Dortmundning “Borussiya”sida ham ustozlik qilgan va uning imkoniyatlarini juda yaxshi biladi.

- Obameyang bizga nima berishini juda yaxshi bilamiz. U Angliya premer-ligasiga qaytganidan baxtiyor. U jamoamizga gollar, sifatli o‘yin, tezlik va shu kabi ko‘plab sifatlarni berishi kerak, - dedi Tomas Tuxel.

Obameyang faoliyati davomida klublar miqyosida 607 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 310 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 92 ta golli pas uzatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!