Tuxel: Menga aynan shu futbolchi kerak, boshqalarga chalg‘imang!

  • 11 oktabr, 2021, 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel ikki yildan beri faoliyati sinchiklab kuzatib kelinayotgan Jyul Kundeni Londonga olib kelishni talab qilmoqda.

Tecno

“Sevilya” markaziy himoyachisi anchadan beri grand klublar nishonida turibdi, biroq andalusiyaliklar uni qo‘yib yuborishga shoshilmayapti.

“Aristokratlar” rahbariyati “Yuventus”dan Matteys de Ligtni olishni qiziqmoqda. Tuxel avvalroq, Antoio Ryudigerni saqlab qolishni so‘ragandi. Lekin germaniyalik mutaxassis Kunde uchun hamrtidan ham voz kechishga tayyor. Bundan tashqari, klub mutasaddilarini de Ligtga chalg‘imay, bor e’tiborni frantsiyalik himoyachiga qaratish lozimligini uqtirmoqda.

Jyul Kundening  o‘zi ham grand klublarda to‘p tepish istagini bildirmoqda. Londonliklar futbolchining istagini inobatga olib, uning transferiga 80 million evro talab qilayotgan “Sevilya”ni narxni pasaytirishga ko‘ndirmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!