Tuxel ikki futbolchini yana yulduzga aylantirdi

  • 17 avgust, 2021, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tomas Tuxel “Chelsi”ni qabul qilib olganidan keyin jamoaga kerak bo‘lmay qolgan ikki futbolchini asosiy ijrochilarga aylantirdi.

Tecno

“Chelsi”ning sobiq hujumchisi Toni Kaskarinoning aytishicha, Markos Alonso jamoada umuman keraksiz futbolchisga aylanib qolgandi. Sesar Aspilikuetaning Londondagi faoliyati ham  yakuniga yaqinlashib qolgan edi.

Biroq, tajribali Tomas Tuxel maydonda bu ikki futbolchiga mos joy topib berdi va ularning yangi qirralarini ochdi. Yangi imkoniyatga ega bo‘lgan o‘yinchilar birinchi turda “Kristal Pelas”ga qarshi uchrashuvda murabbiy ishonchini oqladi.

Markos Alonso jarima zarbasini raqib darvozasiga joylab, “Chelsi”ning joriy chempionatdagi birinchi golini urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!