
Tuxel eng muhim o‘yinchi kimligini aytdi
“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoaning yangi a’zosi Kalidu Kulibalining juda muhim o‘yinchi ekanini tan oldi.
- Men Kaliduda “Chelsi”dek katta klub etakchisiga aylanish uchun juda ko‘p ustunliklar borligini ko‘ryapman. U biz uchun o‘ta muhim o‘yinchi ekaniga shubha yo‘q, - dedi Tomas Tuxel.
31 yoshli Kalidu Kulibali “Napoli”dan 38 million evroga transfer qilindi. Uning neapolliklar bilan shartnomasi tugashiga bir yil qolgandi.
Kulibali Senegal terma jamoasining Afrika Millatlar kubogida g‘olib chiqishiga katta hissa qo‘shgan futbolchi hisoblanadi.
Fikrlar