
Turkiya chempionatining qachondan boshlab davom ettirilishi ma’lum bo‘ldi
Turkiya chempionati 17 fevraldan boshlab davom ettiriladi. Bu haqda Turkiya futbol federatsiyasi xabar berdi.
Musobaqa mamlakatda yuz bergan kuchli zilzilalar tufayli to‘xtatilgan edi. Professional va havaskorlar toifasidagi barcha o‘yinlar 7-12 fevralda belgilangan uchrashuvlar 17-20 fevral sanasiga ko‘chirildi.
6 fevral kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan o‘yinlar esa 21-23 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan bo‘ldi.
Turkiya futbol federatsiyasi mamlakatdagi zilzila munosabati bilan Turkiya favqulodda vaziyatlarni boshqarish fondiga 1 million dollardan ortiq mablag‘ jo‘natishini ham ma’lum qildi.
Fikrlar