Tug‘ilgan kunga "ajoyib" sovg‘a

  • 6 mart, 2024, 16:54
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem ikkita o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.

La Liganing 27-turida muxlislar "Valensiya" - "Real" qarama-qarshiligiga guvoh bo‘lishdi (2:2). "Qirollik klubi" a’zosi Bellingem uchrashuv so‘ngida bosh hakam Xil Mansoning hushtagidan so‘ng boshi bilan raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Tabiiyki bu gol inobatga olinmadi va shundan so‘ng angliyalik xavbek hakamga "tashlandi". 

"Relevo" nashri xabariga ko‘ra, Jud La Liga tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan ikkita o‘yiniga diskvalifikatsiya qilindi. Bundan tashqari, yarim himoyachi 600 evro jarimaga tortildi.

Shu tariqa, Bellingem "Selta" va "Osasuna"ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!