Tudor: "Biz faqat Mbappega e’tiborimizni qarata olmaymiz"
"Yuventus" klubi bosh murabbiyi Igor Tudor Chempionlar ligasining 3-turidan o‘rin olgan "Real Madrid"ga qarshi o‘yin oldidan Mbappe haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz Kilianning bor salohiyati haqida bilamiz. U juda tezkor va xavfli. Uni to‘xtatish oson bo‘lmaydi, biroq himoyachilarimiz imkon qadar raqibni zararsizlantirishga harakat qiladi deb o‘ylayman. Mbappe maydonda juda ko‘p harakatlanadi, ammo faqat unga e’tibor qaratmoqchi emasmiz. Sababi, "qirollik klubi" safida tezkor futbolchilar juda ko‘p. Shuning uchun,0 faqat Mbappeni to‘htatishga tayanib qolmoqchi emasmiz, - dedi Tudor.
Ma’lumot uchun, "Real Madrid" va "Yuventus" uchrashuvi 22 oktyabr kuni soat 00:00 da start oladi.



Fikrlar