
TsSKA ishtirokidagi bahs qoldirilishi mumkin
RPLning navbatdagi turi doirasida TsSKA va "Dinamo" o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan o‘yin haqida bayonot berdi. Ma’lum bo‘lishicha, Moskvada kuchli qor yog‘moqda.
Liga matbuot xizmatining ta’kidlashicha, liga va TsSKA xodimlari stadionni o‘yinga tayyorlash uchun zarur choralarni ko‘rmoqda.
- Hozirda isitish tizimi yog‘ingarchilikka bardosh bermoqda, maydonga oq chiziqlar chizilgan, o‘yin oldidan hakamlarning iltimosiga ko‘ra ular yangilanadi, - deb yozilgan bayonotda.
Liga shuningdek, o‘yin uchun oq va qizil rangdagi to‘plar tayyorlab qo‘yilganini ma’lum qildi. Qaror ob-havo sharoitiga qarab derbi boshlanishiga 60 daqiqa qolganda qabul qilinadi.
Fikrlar