
TsSKA futbolchisi Abbosning ketishi haqida: "Yaxshi futbolchilar jamoani tark etishiga doim tayyor turish kerak"
TsSKA himoyachisi Milan Gayich Abbosbek Fayzullaevning jamoadan ketishi haqidagi savolga javob berdi. Chorshanba kuni legionerimiz "Istanbul Bashakshehir" tarkibiga qo‘shilgani ma’lum bo‘ldi. Gayichdan Fayzullaevdek futbolchini yo‘qotish achinarli emasmi, deb so‘rashdi.
- Abbos biz bilan uzoq o‘ynadi, uni tabriklab, omad tilamoqchiman. Bu shunchaki futbol, odamlar keladi va ketadi. Jamoani yaxshi o‘yinchilar tark etishiga tayyor bo‘lish kerak", - deya Gayichning so‘zlarini keltirdi "Match TV."
TsSKA chorshanba kuni Rossiya kubogi guruh bosqichi birinchi turida "Lokomotiv"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Endi Fabio Chelestini jamoani 3 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan Premer-ligada "Zenit"ga qarshi o‘yinga tayyorlaydi.
Fikrlar