
TsSKA Fayzullaev transferi ortidan 1,5 million evro zaxira saqlab qoldi
TsSKA klubi Abbosbek Fayzullaev transferi ortidan mablag‘ zaxirasini saqlab qolgan. Insayder Ivan Karpovning ma’lumotiga ko‘ra, "armiyachilar" hozircha "Istanbul Bashakshehir"dan 7,5 million evrodan 6 millionini qo‘lga kiritgan.
Qolgan 1,5 million evro Turkiyadagi maxsus hisobda turibdi. U klub rahbariyatining qaroridan so‘ng zarur paytda qaysi yo‘nalishga o‘tkazilishi belgilanadi.
Shu tariqa, TsSKA uchun "Fiorentina" hujumchisi Lukas Beltran transferini qoplashda hech qanday muammo bo‘lmasligi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Fayzullaevning "Istanbul Bashakshehir" klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yarmiga qadar amal qiladi.
Fikrlar