
Transfer bozorini yondirganlar – PSJ
Frantsiya chempioni yozda tarkibda katta o‘zgarishlar qildi. Neymar, Lionel Messi, Serxio Ramos kabi katta yulduzlarni qo‘yib yubordi.
Bosh murabbiylikka Luis Enrike olib kelindi. Ispaniyalik mutaxassis yosh, tezkor, jangovar jamoani shakllantirib, Evropa Chempionlar ligasi bosh sovrini uchun kurashishi kerak.
PSJga kelganlar:
Randal Kolo Muani (“Ayntraxt”, 95 million evro); Manuel Ugarte (“Sporting”, 60 million evro); Usmon Dembele (“Barselona”, 50 million evro); Lukas Ernandes (“Bavariya”, 45 million evro); Bredli Barkola (“Lion”, 45 million evro); Kan In Li (“Malorka”, 22 million evro); Milan Shkrinyar (“Inter”, erkin agent); Marko Asensio (“Real” erkin agent) Gonsalu Ramush (“Benfika”, ijara)
PSJdan ketganlar:
Neymar (“Al-Hilol”, 90 million evro); Abdu Diallo (“Al-Arabi”, 15 million evro); Mauro Ikardi (“Galatasaroy”, 10 million evro); Jorjino Veynaldum (“Al-Ittifoq”, 8 million evro); Leandro Paredes (“Roma”, 2 million evro); Renato Sanshesh (“Roma”, ijara); Lionel Messi (“Inter Mayami”, erkin agent); Serxio Ramos (“Sevilya”, erkin agent).
Fikrlar