
"Tottenxem" o‘zining transfer rekordini yangilashi mumkin
Londonning "Tottenxem" klubi "Lester" yarim himoyachisi Jeyms Meddisonni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Daily Star nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli ingliz futbolchisini "shporlar" ustozi Maurisio Pochettino o‘z safida ko‘rmoqchi. “Tulkilar” esa ushbu futbolchini 80 mln evroga baholashmoqda.
E’tiborlisi, agar “Tottenxem” ushbu xaridni amalga oshirsa, bu klub tarixidagi eng qimmat transferga aylanishi mumkin.
Ma’lumot uchun, “Lester” Meddisonni 2018 yil Shotlandiyaning “Aberdin” klubidan 25 mln evro evaziga xarid qilgan edi. U o‘tgan mavsum 38ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar