"Tottenxem" davralar oralig‘ida 2 ta hujumchi va 1 ta yarim himoyachi sotib oladi

  • 14 yanvar, 2020, 19:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Tottenxem” klubi joriy qishki transferlar davrida jarohat olgan asosiy to‘purari Xarri Keyn o‘rniga munosib hujumchi sotib olishni rejalashtirmoqda.

Tecno

The Independent nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “shporlar” bosh murabbiyi Joze Mourino davralar oralig‘ida jamoaga 2 ta hujumchi va jamoadan ketishi kutilayotgan Kristian Eriksen o‘rniga 1 ta yarim himoyachi olib kelmoqchi. “Tottenxem” ayni damda ushbu masala yuzasidan ko‘plab agentlar bilan aloqaga chiqqan.

Londonliklar ko‘z ostilariga Kshishtof Pentek, Fernando Lorente, Kristian Benteke va Edinson Kavani kabi futbolchilarni olib qo‘yishgan.

Ma’lumot uchun, “Tottenxem” ayni damda  30 ochko bilan APL musobaqa jadvalida 8-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!