
"Tottenxem" "Barsa" nishonidagi futbolchiga "ko‘z olaytirmoqda"
"Atletiko Madrid"ning bira to‘la ikki futbolchisi kelasi yozda faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. "Tottenxem" klubi madridliklar darvozaboni Yan Oblak va yarim himoyachisi Yannik Ferreyra Karraskoni nishonga olgan. Bu haqda "Marca" nashri xabar berdi.
Transferlar oynasi vaqtida Karrasko "Barselona"ga o‘tishi mumkin edi, biroq "ko‘k-anorranglilar" klubining moliyaviy muammolari tufayli transfer amalga oshmay qoldi.
"Shporlar" rahbariyati "Atletiko"ning Yannik borasidagi talablarini qondirishga tayyor. Bundan tashqari, ingliz klubi 30 yoshli Oblakni qo‘lga kiritmoqchi, ammo sloveniyalik posbonning "matraschilar" bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasi bor.
Antonio Konte jamoasi Oblakni 2024 yilda shartnomasi yakunlanadigan 36 yoshli Ugo Loris o‘rniga olib kelmoqchi.
Fikrlar