
"Tottenxem" "Arsenal" sotib olmoqchi bo‘lgan yulduzni o‘z safiga qo‘shib olish arafasida
"Kristal Pelas" hujumkor yarim himoyachisi Eberechi Eze "Tottenxem" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi. Angliyalik futbolchi "burgutlar" safini tark etmoqchi. Bu haqda jurnalist Sasha Tavoleri X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, 17 avgust, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan Angliya chempionati 1-turidan o‘rin olgan "Chelsi"ga qarshi bahsda Ezening maydonga tushishi dargumon. "Kristal Pelas" allaqachon 27 yoshli xavbekka o‘rinbosar topish ustida ishlamoqda. Ta’kidlanishicha, tomonlar o‘rtasida ziddiyat kelib chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yozida OAVda "Arsenal"ning Ezega qiziqishi haqida faol xabarlar tarqalgan edi. London klubi Ezening transferini 63,5 mln evroga kelishib olgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.
O‘tgan mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ezening klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 55 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar