"Tottenxem" "Arsenal" ko‘zlagan futbolchini o‘z tomoniga og‘dirib olmoqchi

  • 13 iyul, 2019, 18:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning "Sent-Eten" kllubi himoyachisi Vilyam Saliba uchun kurashga "Tottenxem" ham qo‘shildi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, 18 yoshli futbolchi uchun Londonning boshqa bir klubi - "Arsenal" asosiy da’vogar sifatida e’tirof etilayotgan edi. Biroq, “shporlar” uni o‘z tomoniga og‘dirishmoqchi va uning fikrini o‘zgartirishiga ishonishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Arsenal” Saliba uchun "Sent-Eten"ga 30 mln evro to‘lashi, futbolchining o‘zi esa “kanonirlar” bilan 5 yillik shartnoma imzolashi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Saliba o‘tgan mavsum "Sent-Eten" safida jami 19ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!