
Toshkentni larzaga solgan 90 kun (1-qism)
2019 yilning 11 senyabri. Aynan shu kuni Toshkentning «Xumo» muz arenasi dunedagi eng nufuzli va kuchlilardan biri bulgan «Oliy xokkey ligasi»da o‘zining birinchi o‘yinini o‘tkazdi. Ta’kidlash joyiz, bu o‘yin kutilgandanda a’lo o‘tdi. 12 minglik «Xumo» arenasini to‘ldirib o‘tirgan qora ko‘zlar quvonchiga «Toshkent»liklar «Ryazan» XKni yirik xisobda mag‘lubiyatga uchratdilar. Ta’kidlab o‘tish kerakki, «Ryazan» XK 70 yillik tarix va ananalarga ega bo‘lgan nomdor klub.
Tomoshabinlarning mexr-muxabbatini qozonishni va keyingi o‘yinni, anikrogi o‘yinlarni intiqlik bilan kutishdek e’tiborini, zamonaviy, shinam va kulay arena, tashkilotchilarning esa xuddi jigarini tuyidagiday mexr bilan tashkillashtirgan bayrami, tez, chiroyli va shijoatli uyin va yana albatta, yakuniy xisob ta’minlab berdi.
Tashkilotchilar «muxlislarimiz 30 yildan beri xokkeysiz o‘tirishdi, etar» deyishdimi, bilmadik, keyingi uchrashuv bir kun o‘tar o‘tmay bo‘lib o‘tdi. Xayriyatki talaffuz kilganda tilingiz chalkashib ketadigan «friggatriskaydekafobiya»(13 rakamidan irim kiladiganlar) xastaligiga chalinganlar O‘zbekistonda uchramaydi. Chunki 2 uyin 13 sentyabrga to‘gri keldi. Bu o‘yinda poytaxtliklar Kozonning «Bars» klubiga qarshi muzga chiqishdi. «Bars» xakida gapiradigan bulsak- bu klub 5 karra Rossiya Chempionati golibi bulmish «Ak Bars» klubining egizagi xisoblanadi. Lekin rakibning dabdabasiga karamay ( «Bars» xozirgi kunda 111 shaybani darvozaga joylab, liganing etakchisiga aylangan. «Xumo»liklar bu gal xam ustun kelishdi. O‘yin boshidagi tezkorlik bilan urilgan ikkita goldan sung, mezbonlarlarning «yana avvalgi xisobda yutamiz degan umidlarini «Bars»ning 3 bulim urtasiga kelib xisobni durrang kilishgani «Kanotlilar»ni («Xumo») barchasini boshidan boshlashga majbur kildi. Tomoshabinlarning olqishlaridan ilxomlangan mezbonlar va nixoyat «umid va orzular» shaybasini darvozaga yullab, 3:2 xisob bilan «Bars»ni maglubiyat alamini tortishga majburlashdi. Ikkinchi g‘alaba!
2 g‘alabadan so‘ng biz uchun bu yangi sport turida g‘alabalarning keti uzilmaydiganday tuyular, «Xumo» arenasi esa bu erga chag‘von ko‘tarib kelganlarni muz tishlatib , 2 ochkosini olib quyib, bo‘m-bo‘sh qaytarib yuboradigan bir maskanday tushunilardi. O‘z uyimizda O‘tgan uchinchi o‘yin «oyog‘i erdan uzilib, bulutlarda parvoz kilib» yurganlarni tezgina muz saroyidagi o‘rindiqlarga qaytardi. Shu bilan birga sportdagi oltin qoidani ularning miyasiga kuyib kuydi: «OXLda o‘zingni er bilsang, raqibingni sher bil». Xar uyin avvalida bosh murabbiy Popixin Evgeniy Nikolaevichning og‘zidan chiqqan bu so‘zlar bellashuv jadvalining eng oxirgi o‘rinlarida turgan «Torpedo-Gorkiy» bilan bo‘lgan o‘yinda uz tasdig‘ini topdi. Birinchi bo‘limda «Xumo» bitta shayba kiritdi, o‘yin davomida Sherbina va Belyakovlar jaroxat tufayli maydonni tark etdi. Asosiy vaktning oxiriga 16 soniya kolganda esa Gorkiyning «Torpedo»si zambarakdagi o‘q kabi, shaybani darvozaga joylab quydi. O‘yin overtaymda davom etdi. Unda xam kuchlar teng keldi. Bulletlar seriasida esa «Torpedo»chilarning mergani anikrok xarakat qilgani yaqqol kuzatildi. Mag‘lubiyat achchik, «gorkiy» suzining tarjimasi kabi.
Sentyabrning 3chi o‘nkunligida Evgeniy Nikolaevich tarbiyanaluvchilari o‘zlaring ilk mexmondagi, Uralning -«Zaurale», «Gornyak Uchaly», «Yujnyy Ural» va «Chelmet» jamoalar i bilan uchrashuvlariga jo‘nab ketishdi. Aytish joyiz, uchrashuvlar umidni oqlamadi. Birinchi uch uchrashuvda «Xumo» o‘yinni boy berdi. O‘yin sifati bo‘yicha emas, xisob buyiicha. O‘yindan keyingi xisobotlar xar xolda so‘zlarimizni tasdiqlaydi. Darvozabonlar o‘yini taqsinga loyik, ammo kolgan o‘yinchilar o‘z imkonyatlarini oxiriga etqaza olmasliklari «Toshkent»liklarga ochko yig‘ishga yul qo‘ymadi. Lekin qalampirni achchigini asal kesganiday bitta yutuk va O‘zbekistonning dunyo xokkey xayotiga qo‘shilishi alamlarni sal bosdi.
26 sentyabr 2019 yil O‘zbekiston Dunyo Shayba bilan Xokkey Federatsiyasi IIHF a’zosiga aylandi.
Otabek Djuraev.
Matnni o‘zbek tiliga Iskandar Axmedov tarjima qildi.
Fikrlar