
Toshkentda yana bir katta MMA kechasi tashkil etiladi
Yurtimizda tashkil VVFC promousheni navbatdagi turnirini tashkil etmoqda. 29 sentyabr kuni ushbu promoushen 4-jang kechasini o‘tkazadi.
Mazkur jang oshomining asosiy to‘qnashuvida tojikistonlik mashhur sportchi, "Metro Lyublino rabotaem" chelendji bilan tanilgan, Saymo‘min Madievning oktagonga ko‘tarilishi ma’lum bo‘lgan. U hamyurtimiz Rahim Radjabaliev bilan bahs yuritadi.
Shuningdek, ushbu jang kechasidan yana bir qator qiziqarli to‘qnashuvlar o‘rin olgan. Jang kechasi "Yunusobod" sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar