
Toshkentda o‘tadigan Osiyo chempionatida yurtimiz sharafini kimlar himoya qiladi?
Xabaringiz bor, joriy yilning 1–10 fevral kunlari Toshkent shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkaziladi. Ta’kidlash kerakki, poytaxtimiz mezbonlik qiladigan qit’a birinchiligi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari litsenziyasi uchun muhim reyting ochkolari taqdim etishi bilan yanada ahamiyatlidir.
Osiyo chempionatida qit’aning 34 ta mamlakatidan 239 nafar sportchi (136 nafar erkaklar, 103 nafar ayollar) 20 ta vazn toifasida (10 ta erkaklar, 10 ta ayollar) ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Osiyo chempionatida quyidagi sportchilar O‘zbekiston sharafini himoya qiladi:
Erkaklar:
-61 kg Adxamjon Ergashev
-67 kg Diyorbek Ro‘zmetov
-73 kg Muhammadqodir Toshtemirov
-73 kg Doston Yoqubov
-89 kg Sarvar Zafarjonov
-89 kg Nursultan Esbergenov
-102 kg Akbar Jo‘raev
-109 kg Sharofiddin Amriddinov
-109 kg Ruslan Nurudinov
+109 kg Rustam Jangabaev
Murabbiylar: Bahrom Mendiboev, Jo‘ra Zoirov
Ayollar:
-45 kg Munisa Odilova
-49 kg Jamila Panfilova
-59 kg Nigora Abdullaeva
-59 kg Lyudmila Elifteriyadi
-64 kg Ozoda Xojieva
-64 kg Shaxnoza Jabborova
-71 kg Mashxura Rustamova
-81 kg Rigina Adashbaeva
-87 kg Nigora Suvonova
+87 kg Tursunoy Jabborova
Murabbiylar: Artur Emiryan, Nurullo Togoev
Fikrlar