
Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogi boshlandi
Bugun poytaxtimizda badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi start oldi. Bellashuvlarda 26 mamlakatdan tashrif buyurgan 100 nafardan ortiq sportchi o‘z mahoratlarini namoyish etishadi.
Dasturga ko‘ra, bugun saralash bosqichi va tantanali ochilish marosimi o‘tkaziladi. Ertadan sportchilar medallar uchun kurashni boshlashadi. Eslatib o‘tamiz, musobaqada quyidagi gimnastikachilarimiz ishtirok etishmoqda:
Yakkalik bahslar:
– Taxmina Ikromova
– Anastasiya Saranseva
Guruh mashqlari:
– Evelina Atalyans
– Maftuna Zoirova
– Adelya Fayzulina
– Mumtozabonu Is’hoqzoda
– Amaliya Mamedova
– Irodaxon Sodiqova
Fikrlar