
Toshkent tumani karate bo‘yicha "Keles-open" turniriga mezbonlik qiladi
Joriy yilning 10-11 iyun kunlari Toshkent tumani sport maktabiga qarashli universal sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi, Toshkent viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi, Toshkent tumani hokimligi, viloyat karate federatsiyasi va qator hamkor tashkilotlar ko‘magida sportning karate- wkf turi bo‘yicha "Keles-open" to‘rtinchi an’anaviy xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyuldagi "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi qarori hamda 5 ta muhim tashabbusning ikkinchi tashabbusi ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilayotgan mazkur xalqaro turnirda mamlakatimiz sportchilaridan tashqari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi davlatlardan 5 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan eng sara karate ustalari g‘oliblik uchun bahslarda ishtirok etishi kutilmoqda.
Toshkent tumani "Keles-Karate" sport klubi rahbari Dilshod Yusupovning bizga bergan ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda esa xalqaro turnirni yuqori saviyada o‘tkazish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Fikrlar