To‘rtta superforvard “Chelsi”dan yuz o‘girdi

  • 20 aprel, 2024, 07:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” kelasi mavsum tarkibini kuchaytirish va sotib yuboriladigan futbolchilar o‘rnini qoplash uchun ko‘p gol ura oladigan hujumchi qidiryapti.

Tecno

Football Transfers nashrining yozishicha, “aristokratlar” to‘rtta to‘purarga og‘iz solmoqda.

Asosiy nishon “Sporting”da porlayotgan shvetsiyalik Viktor Dyokeresh hisoblanadi. Biroq bu o‘yinchi “Arsenal” taklifini qabul qilishga moyillik bildirdi.

Ro‘yxatdagi qolgan uch hujumchi – Viktor Osimxen, Ayven Touni va Benyamin Sheshkoning ham rejalari boshqa bo‘lib chiqdi. Osimxen PSJga o‘tishga tayyorlanyapti, Touni ham “Arsenal”ni tanladi, Sheshko esa “Leyptsig”da qolishni ma’qul ko‘rdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!