
Tom Leffler: "Isroil Madrimov Bogachuk uchun qiyin sinov bo‘ladi"
Professional boks olamidagi taniqli promouter Tom Leffler birinchi o‘rta vazn toifasida sobiq vaqtinchalik WBC chempioni, ukrainalik Sergey Bogachukning sobiq jahon chempioni Isroil Madrimovga qarshi bo‘lajak jangi uchun prognoz berdi.
“Isroil Madrimov Bogachuk uchun qiyin sinov bo‘ladi, ammo o‘ylaymanki, bu jangda Sergeyning qo‘li baland keladi. Agar u Madrimovni mag‘lub eta olsa, ajoyib yil o‘tkazganini bemalol aytishimiz mumkin. Bu jangda ko‘pchilik mutaxassislar Bogachukning imkoniyatoni past baholamoqda, lekin shaxsan o‘zim uning g‘alaba qozonishiga ishonchim komil”, — deya Lefflerning so‘zlarini keltirdi "BoxingScene".
Eslatib o‘tamiz, Isroil Madrimov (10-1-1, 7 KO) va Sergey Bogachuk (24-2. 23 KO) 21 dekabr kuni Ar-Riyodda o‘zaro ringga chiqadi. Garchi Leffler ukrainalik bokschining g‘alaba qozonishini aytsa-da, biz o‘zbek o‘g‘loniga ishonamiz. Olg‘a Madrimov !!!
Fikrlar