
Tokio-2020. Qodirovaga yarim final ostonasida jahon chempioni raqibalik qiladi
Hozirgina -60 kg vaznda bahslarga kirishgan Rayxona Qodirova nimchorak final uchrashuvini o‘tkazdi.
Kongo Demokratik Respublikasi vakilasi Naomi Yumbaga qarshi ringga ko‘tarilgan vakilamiz har uchala setda ustunlik namoyish etdi. Hakamlardan 4 tasi Qodirovaga 30 ball bergan bo‘lsa, 1 referi 29 bahoga loyiq ko‘rdi.
Endi vakilamizga yarim final ostonasida braziliyalik Beatris Ferreyra Soares qarshilik qiladi. Ma’lumot uchun, Soares 2019 yilgi jahon chempionati g‘olibasi sanaladi.
Fikrlar