
"Tokio-2020" litsenziyalarining 60 foizdan oshig‘i taqsimlab bo‘lindi
Karantin cheklovlari yumshatilib, Tokiodagi Olimpiya o‘yinlari boshlanishiga olti oy qolganida sportchilar yana sahnaga chiqdilar. O‘tgan bir necha hafta ichida sportning 25 ta turi bo‘yicha xalqaro musobaqalar tashkil etildi, 10 ta xalqaro federatsiya esa Olimpiya saralash musobaqalarini yangidan boshlashdi.
Buning natijasida:
– Olimpiya o‘yinlarida sportchilarga mo‘ljallangan o‘rinlarning 61% taqsimlab bo‘lindi;
– yana 25% 29 iyungacha davom etadigan saralash musobaqalarda o‘z egalarini topadi;
– qolgan 14% sportchilar sportning har turi bo‘yicha tegishli malaka tizimiga muvofiq reyting orqali saralab olinadi.
Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish 2021 yilga ko‘chirilgandan keyin saralash printsiplari qayta ko‘rib chiqilgan va o‘tgan yili Xalqaro olimpiya qo‘mitasining maxsus guruhi tomonidan ma’qullagan edi.
Hozirgacha veloshosse, velotrek, ot sporti, xokkey va voleybol bo‘yicha kvalifikatsiya jarayoni nihoyasiga etgan.
Fikrlar