
Tokio-2020. Javrail Shapievga medal uchun kurashda 3 karra Evropa chempioni raqiblik qiladi
86 kg vaznda bronza medali uchun o‘tish bahsida ishtirok etayotgan Javrail Shapiev shveytsariyalik Stefan Rayxmutga qarshi gilamga chiqdi.
Unda vakilimiz raqibini 5:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va bronza medali uchun kurash olib boradigan bo‘ldi!
Endi Javrail Shapiev bevosita medal uchun bahsda rossiyalik Artur Naifonovga qarshi kurash olib boradi. Ma’lumot uchun, uning raqibi 3 karra Evropa chempioni hisoblanadi. Ko‘rinib turibdiki, vakilimizni juda jiddiy sinov kutib turibdi.
Fikrlar