
Tokio-2020. Javrail Shapievda bronza medali uchun umid bor
Erkin kurashchilarimiz ham Tokio-2020 dasturidagi ishtirokini boshlashdi. Ular orasida dastlab Javrail Shapiev gilamga chiqdi.
Raqib Rio-20016 Olimpiadasi va ikki karra jahon chempioni eronlik Hasan Yazdani bo‘ldi. Shapiev tajribali raqiga qarshi munosib kurashdi. Biroq Yazdani yakunda g‘alaba qozonib, keyingi davraga yo‘l oldi. Endi eronlik kurashchi finalga etib borgan taqdirda Shapiev bronza medali uchun kurashish imkonini saqlab qoladi.
Vakillarimizning chiqishlarini SPORTS.uz saytida onlayn kuzatib boring!
Fikrlar