Tokio-2020. Bekzod Abdurahmonov bronza yo‘lida kimga qarshi kurash olib boradi?

CHERY AUTO

Tokio Olimpiadasining erkin kurash bo‘yicha bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Bekzod Abdurahmonov chorak final bosqichidan o‘rin olgan jangi rossiyalik Zaur Sidakovga imkoniyatni boy berdi. 

Tecno

Vakilimizni chorak finalda mag‘lubiyatga uchratgan rossiyalik atlet final ostonasida qozog‘istonlik Daniyar Kaysanov ustidan 11:0 hisobida g‘alaba qozondi va hal qiluvchi bosqichga yo‘l oldi. Bu bilan hamyurtimiz bronza medali uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Ya’ni, vakilimiz ketma-ket ikki bellashuvda g‘alaba qozongan taqdirda, O‘zbekiston hisobiga navbatdagi medalni yozdirib qo‘yishi mumkin. Mazkur bahsda hamyurtimiz Gvineya-Bissau vakili Midana Augisto bilan kurashadi. Ushbu bellashuv ertangi dasturdan o‘rin olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!