
Tojikistonning "Xo‘jand" klubiga ikki nafar o‘zbekistonlik futbolchi qo‘shildi
Tojikistonda “Istiqlol”dan keyin ikkinchi raqamli jamoa sifatida tilga olinadigan “Xo‘jand” klubi yozgi yig‘in davomida tarkibiga yangi o‘yinchilarni qo‘shib oldi. E’tiborlisi, transfer qilingan futbolchilar orasida o‘zbekistonliklar ham bor.
Jumladan, 29 yoshli himoyachi Olimjon Karimov “Xo‘jand” klubi bilan shartnoma imzoladi. U 10 yil davomida G‘uzorning “Sho‘rtan” jamoasida to‘p surgan. Joriy mavsumning birinchi yarmini esa Toshkentning “Oqtepa” safida o‘tkazdi. “Xo‘jand” klubi matbuot xizmatining xabar berishicha, Karimov 29-raqam ostida to‘p suradi.
Olimjon Karimovdan tashqari, “Xo‘jand” yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Firdavs Abdusalimov bilan ham shartnoma tuzdi. U 2013 va 2015 yillar davomida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasida o‘ynagan. Qolaversa, Samarqandning “Dinamo”, “Sherdor” va “Jomboy” kabi klublarida ham to‘p surgandi.
Abdusalimov “Xo‘jand”da o‘ziga 96-raqamni tanladi.
Fikrlar