
Tojikiston Superkubogi. "Istiqlol" - "Xo‘jand" bahsida hammasini bitta gol hal qildi. Legionerlarimiz esa...
Tojikiston Superkubogi uchun hal qiluvchi o‘yinda “Istiqlol” bilan “Xo‘jand” maydonda kuch sinashishdi.
Uchrashuv taqdirini yagona gol hal qildi. Zaxiradan maydonga tushirilgan Rustam Soirovning 84-daqiqada kiritgan goli “Istiqlol”ga navbatdagi Superkubokni taqdim etdi.
“Istiqlol” tarkibidagi yagona hamyurtimiz Muhammad Isaev maydonga tushmadi, u zaxira o‘rindig‘ida ham yo‘q edi. Bunga sabab jarohati bilan bog‘liq. “Xo‘jand” safida esa Firdavs Abdusalimov o‘yinni to‘liq o‘tkazgan bo‘lsa, Shoxruh Mahmudxojiev 66-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.
Fikrlar