Tibo Kurtua: "Hech narsa yo‘qotilmagan, g‘alabalar orqali hammasini tuzatish mumkin"
"Real" darvozaboni Tibo Kurtua Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 6-turida "Manchester Siti"ga qarshi 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng fikr bildirdi.
"Bizning birinchi golimiz bor edi… Ularning hisobni tenglashtirishiga men biroz aybdorman: to‘p aniq menga qarab uchdi, ammo men uni ushlab ololmadim… Penalti haqida aniq aytolmayman, lekin ular hisobni tenglashtirishdan avval Ryudigerga zarba berishgan edi.
Ikkinchi taymda ular yaxshiroq boshladi, ammo 60-daqiqadan so‘ng biz o‘yinni nazorat qilib oldik va hisobni tenglashtirishga haqli edik. G‘alaba qozonishimiz kerak edi.
Xabi Alonso haqida? Biz bu uchrashuvni imtihon sifatida ko‘rmaymiz, g‘alaba qozonishni xohlaymiz. Chempionatda juda ko‘p ochkolar yo‘qotdik, ammo murabbiyimizga ishonamiz. Biz yaxshi o‘ynadik va 100% mehnat qildik. Faqat omad etishmadi, shu hammasi.
Intensivlikni saqlab qolishimiz kerak. Vaziyatni o‘zgartirish faqat g‘alabalar orqali mumkin. Bugun mag‘lub bo‘ldik, lekin agar shu kungi va "Atletik"ga qarshi o‘yindek o‘ynasak, g‘olib chiqamiz. Endilikda bizda "Alaves", Kubok, "Sevilya"ga qarshi uchrashuvlar bor… Yilni yaxshi yakunlay olishimiz mumkin-yoqligini ko‘ramiz", — dedi Kurtua.



Fikrlar