Tezkor xabar! Superligada dastlabki iste’fo yuz berdi

  • 12 mart, 2021, 23:56
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsumda o‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘ygan “Navbahor” uchun har bir o‘yin muhim va finalga teng. Ammo kutilmaganda jamoa 1-turda o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ga imkoniyatni boy berdi (0:1). Shu bois, “Navbahor” PFK rahbariyati jamoa murabbiylar shtabida o‘zgarish qilishga qaror qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Tecno

Klub rahbariyati qaroriga ko‘ra, shu kungacha klubda maslahatchi – murabbiy sifatida faoliyat olib borgan tajribali mutaxassis Viktor Romanovich Jalilov “Navbahor”ga bosh murabbiy etib tayinlandi. Ammo, klub No‘’mon Hasanovning iste’fosi yoki qaysi lavozimda qolganini e’lon qilmadi.

Eslatib o‘tamiz, Viktor Jalilov “Navbahor”da 1995-2000, 2003-2004, 2010 yillarda faoliyat yuritgan va jamoa bilan birga ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan. “Navbahor” tarixidagi yagona chempionlik unvoniga ham 1996 yili Viktor Romanovich davrida erishilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
77 77
13/03/2021 10:43
Таркибни номон тузганди серблардан кутилиш керак узимизни ёш футблчиларни купрок уйнатиш керак
Рашид Хожаханов
13/03/2021 06:27
Жуда яхши булибди Нумон Хасановни умуман йукотиш керак. Уйинчиларга гапи утадиган каттик кул тренер булиши керак
Erkin Ishmukhamedov
13/03/2021 06:08
Кечада отлар ўзгартирилмайди...
Дилшод Даврлнов
13/03/2021 01:31
Барсийлона кйтипдида Мйссини излаб кйтган хоенахое