
Tezkor! "Nasaf" hujumchii jamoa bilan xayrlashdi (foto)
"Nasaf" hujumchisi Azizbek Amonov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali "ajdarlar" bilan xayrlashdi.
"Rahmat, ajoyib mavsum bo‘ldi", - deb yozdi 26 yoshli futbolchi instagram sahifasiga.
Oldinroq Aziz Amonovni legionerga aylanishi mumkinligi haqida ma’lum qilgandik. Uning transferi borasidagi so‘nggi xabarlarni "Sports.uz" jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev shunday izohladi:
"Masala hal. Bir necha kun avval xabar berganimizdek, Aziz Amonov legionerga aylanmoqda. Futbolchi keyingi mavsumni BAAning "Xor-Fakkan" jamoasida o‘tkazadi. Avvalroq, OChLni yondirgan forvard bilan "Neftchi" xam qiziqib qolgandi".
Eslatib o‘tamiz, ushbu klubda yana bir legionerimiz Abdulla Abdullaev harakat qiladi.
Fikrlar