
Jaloliddin Masharipovning yangi jamoasi nomi ma’lum
O‘zbekiston terma jamoasi a’osi Jaloliddin Masharipov Superligaga qaytmoqda. SPORTS.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaevning ma’lum qilishicha, uning jamoasi nomi ham ma’lum.
"Jaloliddin Masharipov "Navbaxor" futbolchisiga aylandi. Tez orada klub bu ma’lumotni tasdiqlaydi", - deyiladi xabarda.
Avvalroq, Gretsiyaning "Panserraykos" jamoasi futbolchimiz Jaloliddin Masharipov bilan xayrlashganini ma’lum qilgan edi. Bu haqda klub o‘zining rasmiy sahifasi orqali xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Jaloliddin "Panserraykos"ga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgandi. U mazkur klub safida jami 8 ta o‘yinda ishtirok etdi va 2 assist, bitta sariq kartochkani o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar