Tez orada OChLda o‘zbek klublariga“non” qolmaydi(mi)?

  • 27 fevral, 2023, 10:34
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

SPORTS.uz sayti jurnalisti – Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev o‘zining telegram kanalida OChLdagi legionerlar kvotasi masalasida post qoldirdi. Unda, Osiyoda tobora arab klublarining moliyaviy imkoniyati oshib borayotgani jamoalarning o‘rtasidagi farqni kattalashib ketishi haqida so‘z boradi.

Tecno

“Darhaqiqat, "Al Hilol"ni legionerlari hal qiluvchi o‘rinni egallamoqda. Bu hali legionerlar uchun limit 3+1 ko‘rinishida bo‘lganidagi xolat.

Alisher Nikinbaevning ma’lum qilishicha, kelasi mavsumdan bu limit 5+1 ko‘rinishini oladi. Undan keyingi mavsumdan boshlab klublar maydonda 11 ta xorijlik futbolchini imkoniyatlaridan foydalanishi mumkin.

Voqealar rivoji shunday ketsa, o‘zbek, tojik va qirg‘iz klublarining xalqaro maydondagi imkoniyati qay darajada tushib ketishini tasavvur qilyapsizmi?

Xatto Eron, Yaponiya singari mamlakat klublari ham katta byujedga ega arablarga qarshi hech narsa qila olmasligini ehtimoli oshib ketadi.

O‘sha gap. Buyog‘iga futbolni cho‘ntagida puli borlar o‘ynaydi chog‘i.”

Eslatib o‘tamiz, kelasi mavsumda musobaqada yurtimiz sharafini OKMK, “Navbahor”, “Nasaf” va “Paxtakor” jamoalari himoya qiladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!