
Teylor Fritts AQShni oldinga olib chiqdi
Amerikalik tennischi Teylor Fritts va norvegiyalik Viktor Durasovich Avstraliyada o‘tayotgan "ATP Cup" turnirining guruh bosqichida o‘zaro raqobatlashdi.
Bir soatdan bir daqiqa ko‘p o‘tgan uchrashuvda Teylor yosh raqibini har ikkala setda bir hil 6:2, hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va AQSh terma jamoasiga dastlabki ochkoni keltirdi.
Shu tariqa, AQSh va Norvegiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda hisob 1:0 ko‘rinishini oldi.
Fikrlar