
Terri Anri yana sobiq jamoasiga qaytdi
Yaqin o‘tmishning eng mashhur futbolchilaridan biri Terri Anri yana Belgiya terma jamoasi murabbiylar shtabiga qaytdi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar berdi.
Aytish kerakki, 43 yoshli mutaxassis 2016-2018 yillarda ham Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martinesga assistentlik qilgan.
Anri 2018 yil Belgiya terma jamoasidan ketgach, "Monako" va "Monreal Impakt" klublarini boshqardi.
Belgiya terma jamoasi “Evro-2020”da “B” guruhidan joy olgan. Ushbu guruhda shuningdek, Daniya, Rossiya va Finlyandiya terma jamoalari ham bor.
Fikrlar